hit counter script
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
• Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib
qo'yish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta'sirlardan
himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va shnur qurilmadan chiqadigan
joylarga alohida e'tibor bering.
• Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni qimirlatmang.
• Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr shnuridan
foydalanmang.
• Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib olayotganda vilkani
mahkam ushlaganingizga ishonch hosil qiling. TVni quvvat
manbaidan uzish uchun elektr shnuridan tortmang.
• Tarmoq rozetkasiga juda ko'p qurilmalarni ulamang, chunki bu
uning yonishiga yoki tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Qurilmani Asosiy quvvat manbaidan uzish
- Elektr shnur vilkasi qurilmani uzish vositasi hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarda elektr shnur vilkasiga to'siqlarsiz yetish
mumkin bo'lishi lozim.
• Farzandlaringizni televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga
yo'l qo'ymang. Aks holda, televizor ag'darilishi va jiddiy jarohat
yetkazishi mumkin.
• Tashqaridagi antennani yerga ulash (Mamlakatga qarab farq
qilishi mumkin):
- Tashqaridagi antenna o'rnatilgan bo'lsa, quyidagi ehtiyot
choralariga rioya qiling. Tashqaridagi antenna tizimi elektr simlari
yoki elektr chiroqlari yoki elektr tarmoqlariga yaqin, shuningdek,
ular bunday elektr simlari yoki elektr tarmoqlari bilan tutashishi
mumkin bo'lgan joylarga joylashtirilmasligi lozim, chunki bunday
holatlar o'lim yoki jiddiy shikast yetishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida bu apparat yoki antennaga
tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
• Elektr kabel TV va devordagi rozetkaga xavfsiz tarzda
ulanganligiga ishonch hosil qiling, agar xavfsizlik ta'minlanmagan
bo'lsa, teshik va vilkaga zarar yetishi va ekstremal holatlarda
yong'in yuzaga kelishi mumkin.
• Metall yoki tez yonuvchan obyektlarni mahsulot ichiga tiqmang.
Agar mahsulot ichiga yod jism tushib ketsa, elektr shnurini chiqarib
oling va mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
• Elektr shnurining bir uchi quvvat manbaiga ulangan vaqtda uning
boshqa uchiga tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
• Quyidagilardan birortasi yuzaga kelsa, mahsulotni quvvat
manbaidan darhol uzing va mahalliy mijozlarga xizmat
ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
- Mahsulotga zarar yetganda.
- Agar mahsulot (tarmoq adapteri, elektr shnuri yoki TV kabi)
ichiga suv yoki boshqa mayda zarra kirib ketsa.
- Agar TVdan tutun hidini yoki boshqa noxush hidlar
chiqayotganini sezsangiz.
- Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida yoki uzoq muddat davomida
ishlatilmaganda.
TV pult yoki tugma orqali o'chirilgann bo'lsa ham, agar elektr shnur
uzilmasa, o'zgaruvchan quvvat manbai blokka ulangan bo'ladi.
• TV yonida yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr jihozlardan
(masalan, elektron pashsha haydagich) foydalanmang. Bu
mahsulotning noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
• LG Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz bu mahsulotni
har qanday usul bilan o'zgartirishga urinmang. Yong'in chiqishi
yoki toki urishi mumkin. Yordam yoki ta'mirlash uchun mahalliy
mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning. Ruxsat
berilmagan o'zgartirishlar foydalanuvchini ushbu mahsulotdan
foydalanish huquqidan mahrum bo'lishi mumkin.
• Faqat LG Electronics tomonidan tasdiqlangan ruxsat berilgan
biriktirmalar / aksessuarlardan foydalaning. Aks holda bu yong'in,
elektr toki urishi, noto'g'ri ishlash yoki mahsulotga zarar yetishiga
olib kelishi mumkin.
• O'zgaruvchan tok adapteri va elektr shnurini hech qachon
qismlarga ajratmang. Bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin.
• Adapter tushib ketmasligi uchun uni mahkam va ehtiyotkorlik bilan
ushlang. Zarba tegishi adapterni buzishi mumkin.
• Yong'in yoki elektr toki urishining oldini olish uchun TVni nam
qo'lingiz bilan ushlamang. Agar elektr shnur tilchasi nam yoki
chang bilan qoplangan bo'lsa, vilkani to'liq quriting yoki changlarni
artib tashlang.
• Batareyalar
- Aksessuarlarni (batareya va boshq.) bolalar qo'li yetmaydigan
xavfsiz joyda saqlang.
- Batareyalarni bir-biriga tutashtirmang, ularni bo'laklarga
ajratmang yoki ularning qizib ketishiga yo'l qo'ymang.
Batareyalarni olovga yaqin qoldirmang. Batareyalarni ortiqcha
issiqlik ta'sirida qoldirmaslik lozim.
- Diqqat : Batareya noto'g'ri turiga almashtirilsa, yongʻin chiqish
yoki portlash xavfi mavjud.
• Ko'chirish
- Ko'chirish vaqtida mahsulot o'chirilganligiga, rozetkadan
uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil qiling.
Kattaroq TVlarni ko'tarish uchun 2 yoki undan ko'proq kishi kerak
bo'lishi mumkin. TVning old panelini bosmang yoki unga hech
nimani tiyamang. Aks holda, bu mahsulotga zarar yetishi, yong'in
chiqishi yoki shikast yetishi mumkin.
• Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni bolalarning
qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang.
• Zarba bo'lishiga, hech qanday obyektning mahsulot ichiga tushib
ketishiga yo'l qo'ymang va ekran ustiga hech narsagi tushirib
yubormang.
• Panelni qo'lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o'tkir narsalar
bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang. U ekranga zarar
yetkazishi mumkin.
• Tozalash
- Tozalayotganda, elektr shnurni qivvat manbaidan uzing va
yumshoq/quruq material bilan ohista arting. Suv yoki boshqa
suyuqliklarni TVga sepmang. Mahsulotlar va uning panelini
shikastlaydigan oynak tozalash vositasi, havo tozalagich,
insektitsidlar, surma yog'lar, mum (avtomobilga oid, industrial),
abraziv narsalar, eritkich, benzin, alkogol va hokazolardan
foydalanmang. Aks holda bu elektr toki urishi yoki mahsulotga
zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
3

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

43ur91006la55ur91006la

Table of Contents